Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Filialda ZAKOVAT

✍️ Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida bilimdon talabalar ishtirokida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
? Yarim finalda 5 ta jamoa oʻzaro bellashdilar. Yakunda «Muxlislar» jamoasi gʻolib boʻldi va final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
? Shu tariqa finalda magʻlubiyatsiz odimlayotgan «LiDeP» va «Muxlislar» jamoasi gʻoliblik uchun kuch sinashdi.
? Juda qiziqarli boʻlib oʻtgan final uchrashuvida «LiDeP» jamoasi gʻoliblikni tantana qildi.
? Gʻolib jamoaga oliygoh rahbariyati tomonidan sertifikat hamda, stipendiyaning 50% miqdorida pul va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

? Mukofotni bugungi Zakovat intellektual oʻyinida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan «LiDeP» jamoasi aʼzosi, 1-bosqich 10-21 guruh talabasi Otajanov Azizxon qabul qilib oldi.
? Shuningdek mavsumning eng yaxshi bilimdoni deb, 1-bosqich 4-21 guruh talabasi Jabaraliyeva Ozodaxon topildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.