Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Umumxalq hayriya hashari

☘️ Bugun yurtimizning barcha hududlarida Umumxalq hayriya hashari o‘zaro hamjihatlik va birdamlikda o‘tkazildi.
🌱 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali «Yoshlar ittifoqi» jamoasi tomonidan filial hududi bo‘ylab obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
🌺 Filialning asosiy o’quv binosi yer maydoniga manzarali gul ko‘chatlari o‘tkazilib, gulzorlar atroflari yumshatildi va begona o’ tlardan tozalandi. Daraxtlarga shakl berildi, ariqlar tozalandi.
✍️ Bir so‘z bilan aytganda, tashabbuskor yoshlar hasharda faol ishtirok etib, oliygohimiz hududining gullab-yashnashi uchun oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

IT SQUARE

👨‍💻 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali talaba yoshlarini ish bilan ta’minlash va Qo’qon shahar uning atrofidagi tuman yoshlarini IT texnologiyasiga jalb qilish, » Bir million dasturchi» loyihasiga hissa qo’shish hamda, filial daromadini oshirish maqsadida «IT SQUARE» unitar korxonasi tashkil etildi.
💻 Zeroki, IT sohasini rivojlantirish mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan zamin bo’lib xizmat qiladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«Vatanparvar yoshlar» to’garagi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida, filial 2-boʻlim muhandisi M.Halilov rahbarligida «Vatanparvar yoshlar» to’garagi tashkil etildi. Toʻgarakga 90 nafar talaba-yoshlar aʼzo boʻldilar. Bu esa ularning jamiyat hayotida munosib o’rin egallashlarida muhim o’rin tutadi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Quvnoqlar va zukkolar

✅ Bugun Qoʻqon shahar 2- sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovining mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi.
🕺💃 Unda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talabalaridan iborat «Omadli yoshlar» jamoasi ham faol ishtirok etdi.
💫 Qiziqarli boʻlib oʻtgan bellashuv yakunida oliygohimiz jamoasi, hakamlarning yakdil qarori bilan gʻolib deb topilib, turnirning sektor bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Tabriklaymiz

✅ Bugun Fargʻona viloyati Yoshlar ishlari agentligi binosida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika koʻrik-tanlovining Fargʻona viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.
🪐 Tanlovda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 4-bosqich 4-18 EEE guruh talabasi Xudoyberdiyev Shavkatjon oʻzining yangi innovatsion loyihasi bilan ishtirok etib, mutloq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
🏆 Iqtidorli talabamiz, tashkilotchilar tomonidan sertifikat, pul mukofoti hamda, respublika bosqichiga yoʻllanma bilan taqdirlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Munozara

✅ Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 1-sonli talabalar turar joyida filial yoshlar boʻlimi tashabbusi bilan, «Munozara» bellashuvi boʻlib oʻtdi.
🎓 Bellashuvda 1-talabalar turar joyining «Nastarin» va talaba yigitlardan iborat «Al-Beruniy izdoshlari» jamoasi oʻzaro kuch sinashdi.
✍️ Tadbirni filial yoshlar masalalari boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari M.Maqsudov ochib berdi.
💐 Murosasiz kechgan bahslarda hakamlarning yakdil qarori bilan, «Nastarin» jamoasi gʻolib boʻldi.
✨ «Eng yaxshi notiq» nominatsiyasida, 2-bosqich 2-20 MYaMT guruh talabasi Habibullayeva Fotimaxon gʻolib boʻldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Ochiq eshik kunlari

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida, Qoʻqon shahar 26 – sonli maktab oʻquvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Filialda talabalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning yutuqlari, oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Mehnat yarmarkasi

Islom Karimov nomida Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida 2022-yil 22-aprel kuni bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Karyera kuni” tashkil qilindi. Ushbu tadbir Qo’qon shahar hokimiyati, shahar prokuraturasi, shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Bitiruchilarimiz 112 nafar bo’lib, ulardan 20 nafarini shu yerni o’zida ish bilan ta’minlandi. Tadbirga Qo’qon shahar va atrof tumanlaridan 50 dan ortiq tashkilot va korxonalar o’zining bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdilar. Mahalla uyushmagan yoshlari ham tadbirda qatnashdilar va o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir davomida “BNBM BILIDING MATERIALS CENTRAL AZIA” MCHJ Xitoy Xorijiy korxonasi bilan Memorandum imzolandi. Mehnat yarmarkasi filial talabalarida chuqur taassurot qoldirdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida «Karyera kuni» doirasida o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R.Anorov tomonidan oliygohimizning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyoti strategiyasi yuzasidan ilmiy seminar tashkil etildi.Unda 20dan ortiq tashkilot va korxona xodimlari qatnashdilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Zakovat

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali Yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Haydarov va yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari X.Begmatov tashabbusi bilan 2-kurs talabalari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli boʻlib oʻtgan uchrashuvda 2-bosqich 6-20 guruhining «Parvoz» jamoasi gʻolib boʻldi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Mahorat maktabi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filial Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari B.Kushimov va bo’lim boshlig’i T.Butayevlar boshchiligida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to’g’risida o’quv mahorat darsi tashkil etildi.Unda yosh magistrantlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti