? Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 2-sonli talabalar turar joyida, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Rustamjon Anorov boshchiligida talabalarga iftorlik uchun osh tayyorlandi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 2 – sonli talabalar turar joyida iftorlik dasturxoni tashkil etilib, barcha talabalarga osh tarqatildi.
♻️ Iftorlik dasturxonidan soʻng, filial oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Rustamjon Anorov hamda, TTJ talabalari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
♻️ Davra suhbatida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.