Maʼlumki, yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish, aholining dunyoqarashini kuchaytirish uchun harakat olib borilmoqda. I. Karimov nomidagi TDTU Qoʼqon filiali 1-talabalar turar joyida ham QR kodli elektron kutubxonasi tashkil etildi. Talaba qizlar oʼzlarini qiziqtirgan kitoblarni yuklab olib oʼqish imkoniga ega boʼlmoqdalar.