✅ Qoʻqon shahar Yoshlar bogʻida boʻlib oʻtayotgan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻz nihoyasiga yetdi.
📚 Bellashuvda jami 11 ta jamoa, Qoʻqon Davlat Pedagogika instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali, Sanʼat va madaniyat Fargʻona mintaqaviy filiali hamda, mahalla uyushmagan yoshlari ishtirok etdi.
🏆 Yakunda birinchi oʻrinni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talabalaridan iborat «LiDeP» jamoasi qoʻlga kiritdi.
🎓 Bellashuvning eng yaxshi bilimdoni deb 1-bosqich 5_21 EA guruh talabasi Sobirov Ibrohimjon topildi.
💐 Gʻolib va sovrindorlar Qoʻqon shahar hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oliygohimiz rahbariyati tomonidan gʻolib talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz!