Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Mehnat yarmarkasi

Islom Karimov nomida Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida 2022-yil 22-aprel kuni bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Karyera kuni” tashkil qilindi. Ushbu tadbir Qo’qon shahar hokimiyati, shahar prokuraturasi, shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Bitiruchilarimiz 112 nafar bo’lib, ulardan 20 nafarini shu yerni o’zida ish bilan ta’minlandi. Tadbirga Qo’qon shahar va atrof tumanlaridan 50 dan ortiq tashkilot va korxonalar o’zining bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etdilar. Mahalla uyushmagan yoshlari ham tadbirda qatnashdilar va o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir davomida “BNBM BILIDING MATERIALS CENTRAL AZIA” MCHJ Xitoy Xorijiy korxonasi bilan Memorandum imzolandi. Mehnat yarmarkasi filial talabalarida chuqur taassurot qoldirdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida «Karyera kuni» doirasida o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R.Anorov tomonidan oliygohimizning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan taraqqiyoti strategiyasi yuzasidan ilmiy seminar tashkil etildi.Unda 20dan ortiq tashkilot va korxona xodimlari qatnashdilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.