✅ Bugun Qoʻqon shahar 2- sonli umumtaʼlim maktabining faollar zalida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida «Quvnoqlar va zukkolar» tanlovining mahalla bosqichi boʻlib oʻtdi.
🕺💃 Unda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talabalaridan iborat «Omadli yoshlar» jamoasi ham faol ishtirok etdi.
💫 Qiziqarli boʻlib oʻtgan bellashuv yakunida oliygohimiz jamoasi, hakamlarning yakdil qarori bilan gʻolib deb topilib, turnirning sektor bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.