☘️ Bugun yurtimizning barcha hududlarida Umumxalq hayriya hashari o‘zaro hamjihatlik va birdamlikda o‘tkazildi.
? Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali «Yoshlar ittifoqi» jamoasi tomonidan filial hududi bo‘ylab obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi.
? Filialning asosiy o’quv binosi yer maydoniga manzarali gul ko‘chatlari o‘tkazilib, gulzorlar atroflari yumshatildi va begona o’ tlardan tozalandi. Daraxtlarga shakl berildi, ariqlar tozalandi.
✍️ Bir so‘z bilan aytganda, tashabbuskor yoshlar hasharda faol ishtirok etib, oliygohimiz hududining gullab-yashnashi uchun oʻz hissalarini qoʻshdilar.