Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Biz korrupsiyaga qarshimiz

Korrupsiya jamiyat kushandasi.

Sh.Mirziyoyev

Adolat xalq farovonligiga xizmat qiladi. Zero, adolat asosiga qurilgan davlatning poydevori mustahkam bo’ladi.
Korrupsiya tarixi uzoq o’tmishga, davlatchilikning paydo bo’lishiga borib taqaladi. Masalan, qadimgi Rim imperiyasini olaylik. Konsullar ularni saylashi uchun odamlarga turli xil sovg’a salomlar bergan, mansabini suistemol qilgan. Shunday ekan Filialning fakultetida talaba-yoshlar o’rtasida «BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ» shiori ostida davra suhbati o’tkazildi.Davra sahbatiga yoshlar bo’yicha dekan o’rinbosari X.Begmatov, Yoshlar yetakchisi H.Haydarov, hamda tyutor Z.Egamberdiyevalar talabalarga korrupsiyani oldini olish borasida hamda korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik uchun kerakli tushunchalarni berishdi talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Zakovat ligasi

📚 Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali kutubxonasida yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari H.Begmatov, hamda yoshlar yetakchisi H.Haydarov boshchiligida Zakovat intellektual bellashuvining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi.
📕 Unda Yosh texniklar , Parvoz, hamda Temurbeklar jamoasi oʻzaro bahs olib borishdi.
Intellektual oʻyin natijasiga koʻra barcha jamoalar bir hil 3 balldan jamgʻarishdi va yakunda durang qayd etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Yarim final sari

✅ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali minifutbol jamoasi Students cup turniri guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, yarim finalga yoʻl oldi.
⚽️ Endi futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvda Qoʻqon davlat pedagogika instituti jamoasi bilan kuch sinashadi.
✍️ Ushbu matonatli gʻalabada jonbozlik koʻrsatgan barcha ustozlar va jamoamiz aʼzolariga fililamiz rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Mirzo Ulugʻbek vorislari

📄Ushbu roʻyxat «Mirzo Ulugʻbek vorislari» tanlovining respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan ishtirokchi talabalar roʻyxati
✅Quvonarlisi shundaki ushbu roʻyxat tarkibida bizning universitetimizning borligi hamda universitetimizning faxrli talabasi Xudoyberdiyev Shavkatjonning borligi!
📈Shavkatjonga respublika bosqichida ham faxrli birinchi oʻrinni egalashini tilab qolamiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

The cover up

🎼 Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Yoshlar ittifoqi»ning 7-20 guruh yetakchisi Eldorbek Anvarjonovning tashabbusi bilan musiqa yoʻnalishida yangi loyiha The cover up tanloviga start berildi.
🎹 Tanlovda oliygohning 6 ta havaskor talabalari ishtirok etishdi.
🎷 Yakunda birinchi oʻrinni 2-20 MYaMT gurux talabasi Habibullayeva Fotimaxon qoʻlga kiritdi.
🎸 Konkurs sanʼatga qiziqqan barcha talabalar uchun davom etadi. Qani yoshlar olgʻa……..!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri filialda

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov filialda mini futbol g‘olib bo‘lgan «Yosh texniklar» jamoasini g‘oliblik bilan taqdirladilar. Bu esa yoshlarga katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Direktor kubogi

⚡️ Ayni daqiqalarda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali minifutbol maydonida «Direktor kubogi» yarim final 1 uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.
💻 Voqealar rivojini biz bilan kuzatishda davom eting

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Voleybol turniri

🤾‍♂ Bugun Qoʻqon shahar 2-sonli umumtaʼlim maktabi sport zalida, «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning voleybol turi boʻyicha sektor bosqichi boʻlib oʻtdi.
🏐 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali jismoniy tarbiya oʻqituvchisi D.Sarimsoqov va «Yoshlar ittifoqi» ning sport yetakchisi D.Xasanov boshchiligidagi voleybol terma jamoamiz turnirda faol ishtirok etib, faxrli 3 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
💐 Munosib ishtiroki uchun oliygohimiz rahbariyati nomidan, tyutor Z. Egamberdiyeva va 8-21 EEE guruh sportchi talabalariga minnatdorchilik bildiramiz.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Xarbiy qismga ekskursiya

Bugun 6-may kuni TDTU Qo’qon filialida «9-may xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida filialimizning 1-20 TMJ va 2-19 TMJ guruh talabalari bilan yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari X.Begmatov va tyutor Xudoynazarov Azizjon rahbarligida shahrimizda joylashgan 33171-sonli Havo hujumidan mudofaa xarbiy qismiga ekskursiya uyushtirildi. Xarbiy qism ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha rahbari Podpolkovnik I.Nazarov talabalarni iliq kutib oldi va talabalarga zamonaviy O‘zbekiston qurolli kuchlari haqida hamda zamonaviy armiyamizning imkoniyatlari, zamonaviy harbiy qurol-aslahalar, texnikalar haqida so’zlab berdi, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Ekskursiya davomida talaba yoshlar o’zlarida vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqat tuyg’ularini his qildilar.