Bugun 6-may kuni TDTU Qo’qon filialida «9-may xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida filialimizning 1-20 TMJ va 2-19 TMJ guruh talabalari bilan yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari X.Begmatov va tyutor Xudoynazarov Azizjon rahbarligida shahrimizda joylashgan 33171-sonli Havo hujumidan mudofaa xarbiy qismiga ekskursiya uyushtirildi. Xarbiy qism ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha rahbari Podpolkovnik I.Nazarov talabalarni iliq kutib oldi va talabalarga zamonaviy O‘zbekiston qurolli kuchlari haqida hamda zamonaviy armiyamizning imkoniyatlari, zamonaviy harbiy qurol-aslahalar, texnikalar haqida so’zlab berdi, talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdi. Ekskursiya davomida talaba yoshlar o’zlarida vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqat tuyg’ularini his qildilar.