✅ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali kutubxonasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
? Intellektual bellashuv filial maʼnaviyat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova, Zakovat koordinatori X.Begmatov va yoshlar yetakchisi H.Haydarov tomonidan tashkil etildi.
? Bellashuvda 40 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Qiziqarli boʻlib oʻtgan intellektual oʻyin yakunida 1- bosqich 8-21 EEE guruhining Temurbeklar jamoasi gʻolib boʻldi va Zakovat koordinatori tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.