✍️ Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali faollar zalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 92-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Quvnoqlar va zukkolar bellashuvi boʻlib oʻtdi.
✅ Quvnoqlar va zukkolar bellashuvini filial direktori Sharifjon Yigitaliyevich Pulatov ochib berdi, hamda jamoa aʼzolarining kelgusi faoliyatida omad tilab, ularni sertifikat va esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.
? Shundan soʻng filial talabalaridan tashkil topgan SMM Omadli Yoshlari jamoasi oʻz sahna koʻrinishlari bilan yigʻilganlarni hushnud ayladi.
? Juda ham qiziqarli sahnalashtirilgan raqslar va sahna koʻrinishlari barcha yigʻilgan tomoshabinlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.
Ushbu tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan tyutorlar D.Inomov, Z.Egamberdiyaeva, filial maʼnaviyat boʻlimi, yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, «Yoshlar ittifoqi» jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz!