Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Uchrashuv

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialini bitiruvchisi, yosh olim Xudoyberdiyev Shavkatjon «Yoshlar kuni» munosabati bilan O’zbekiston bog’ida o’tkazilgan tadbirda O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o’z ixtirosini bayon etdi. Talabamizning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!..

??“Innovator” jurnalining qahramonlaridan biri Shavkat Xudoyberdiyev «Yoshlar kuni» munosabati bilan poytaxtimizdagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida o‘tkazilgan tadbirlar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «elektr transformatorlar”, ya‘ni yong‘in va portlashdan himoyalash qurilmasi haqida gapirib berdi.

✔️Shavkatbekning aytishicha, qurilma transformator qizigan zahoti uni sovitishni boshlar ekan. Natijada transformator «otib yubormay», ishlashda davom etishi bilan ahamiyatli.

✔️Shavkatbek O‘zbekistondagi energetika sohasida duch kelayotgan muammolarga yechim topish, iste‘molchilarni uzluksiz energiya bilan ta‘minlashni asosiy maqsad qilgan.

Biz kelajakni yorqin ranglarga o‘zgartirishni maqsad qilgan innovatorimizga kelgusi ishlarida omad tilaymiz!!!✊

Posted in Uncategorized.