Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Qoraqalpoq va Oʻzbek xalqi bir tanu bir jon xalqdir

Bugun Dunyo maydoniga Yangi Oʻzbekiston yangicha islohatlar bilan dadil qadam tashlamoqda va bu yoʻlda koʻp millatli xalqimiz bir yoqadan bosh chiqarib, tinch-totuvlik, tolerantlik tamoyillari asosida yashab kelmoqda. Xalqimiz yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan adolatli xalqchil siyosatning maʼnosini anglagan holda “Bu vatanda aziz va qadrli inson” tamoyilli islohotlar barcha hududlarga birdek kirib bormoqda.Vatanimiz dagi tinchlik, mehr-muhabbat, oqibat va bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik gʻoyalari yanada mustahkamlanib borayotganligini, hayotiy islohotlar bunga misol boʻlaoladi.

Yurtimizda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga egaligi, ular jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼiy nazar hamma qonun oldida teng hamda hamma uchun vijdon erkinligi Qomusimizning 18-moddasi bilan kafolatlangan.

Filialimizda oʻqitishning innovatsion oʻqitish jarayoni asosida olib borish uchun barcha zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan.

Bugungi kunda mazkur taʼlim dargohida koʻplab Qoraqalpoq yoshlari tahsil olmoqda hamda yetishib chiqqan mutahasislar mamlakatimiz elektr tarmoqlariga oid sohalarda oʻz hissalarini qoʻshadilar. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʼqon filialida ham koʻplab ijobiy yutuqlarga erishayotgan Qoraqalpoq yoshlariga barcha imkoniyat eshiklari ochilgan.Bu yil dastlabki qaldirgʻochlardandir. Joriy yilning  iyul oyi boshlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasida sodir etilgan hodisalar xalqlarimiz kelajak manfaatlari birligiga tahdid qiluvchi harakat aslida tashqi siyosiy kuchlarning gʻarazli ishi boʻlib, anchadan beri rejalashtirilib kelinganligi va ayrim yoshlarni toʻgʻri yoʻldan chalgʻitishga boʻlgan harakatlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasida sodir etilgan hodisalar misolida koʻrdik. Xalqimizda «boʻlinganni boʻri yer» degan hikmatli soʻzlariga tayanib doimo ahil va jips boʻlib yashashimiz kerak.

Albatta, ushbu sodir etilgan voqeada koʻpni koʻrgan dono xalqmizning yoshi ulugʻ insonlarining nasihatlariga amal qilgan holda, bosiqlik, aql-zakovat bilan ish tutib, voqeaga toʻgʻri baho berishimiz va tinchligimizni koʻraolmayotgan tashqi siyosiy kuchlarga qarshi asrlar davomida «bir tanu bir jon» yashab kelmoqda, bundan keyin ham ahillik-inoqlikda yashab, totuvlik va bagʻrikenglik bilan, Yangi Oʻzbekiston va Yangi Qoraqalpogʻistonni barpo etishda bor salohiyat va kuch gʻayratimizni safarbar etamiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori Sh.Pulatov

Posted in Uncategorized.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan