?? Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining ilk bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
✅ Tantanali tadbirga Qoʻqon shahar hokimi Usmonov Maʼruf Aʼzamovich tashrif buyurdi va diplom topshirish marosimini ochiq deb eʼlon qildi.
?? Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
✅ Tadbir davomida oliygoh direktori Pulatov Sharifjon Yigitaliyevich soʻz olib barcha talabalarni kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tiladi.
? Shuningdek ushbu unutilmas lahzalarni tarixga muhrlash maqsadida esdalik fotosuratlariga tushdilar.
✍️ Qadrli TDTU Qoʻqon filialining ilk bitiruvchilari! Barchangizni kelajakda vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan hodimlar boʻlishingizga ishonamiz.