Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Direktor minbari

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori Sh.Pulatov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.Yigʻilish 2022-2023-oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish oliygohning nufuzini oshirish maqsadida masʼul rahbar va texnik xodimlarga ijro intizomi boʻyicha fikr bildirib vakolat vazifalari, xizmat yoʻriqnomalari asosida ish olib borishlari kerakligi haqida aniq topshiriqlar berdi.Texnik xodimlarning moddiy ragʻbatlantirish va ularga moddiy koʻmak berish kerakligi, masʼul rahbarlar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida ichki tartib qoidalarga rioya qilish, yangi binoning qurilishi va uning smeta-loyihalarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish va bu masalalarini huquqiy hujjatlarni toʻgʻri tashkil etish, yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq va topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish, yangi oʻquv yiliga talabalar turar joyini toʻliq tayyorlash toʻgʻrisida oliygoh direktori tegishli masʼullarga topshiriqlar berdi.Bundan tashqari, yangi qabul qilinayotgan hodimlar tanlovini shaffoflik asosida tashkil etish yuzasidan kadrlar boʻlimi boshligʻiga takliflar berib, korrupsion holatlarni oldini olish boʻyicha topshiriqlar berdi. Zero tartib bor joyda halovat boʻladi va yangi oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik oʻquv sifatini oshishiga xizmat qiladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti     Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.