?Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ishchi guruh vakili Jumayev Bolibek Ermamatovich Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialiga tashrif buyurdilar.
✅Tashrif davomida oliygohning 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari bilan yaqindan tanishib chiqdi. Jumladan, yangi o‘quv yiliga o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalari jihozlanganligi, o‘quv me’yoriy hujjarlar, talabalar uchun yotoqxonalarni tayyor holga keltirilganligi bo‘yicha tanishib chiqdilar. Shuningdek, Xalqaro talabga mos yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yuzasidan takliflar va kamchiliklar hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan oliygoh talabalarida amaliy ko‘nikma va kasbiy malakani rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarini ishlash chiqarish amaliyoti bilan bogʻliq holda tashkil etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.