Joriy yilning 29-avgust kuni oliygohimizda faoliyat yuritayotgan progessor-oʻqituvchilar ishtirokida «Oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati» nomli seminar tashkil qilindi. Seminarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Kushimov ochib berdi. Mazkur seminar xalqaro standartlar bazasidan oʻtish usuli, h-indeks va iqtibos kabi kun tartibidagi masalalarga qaratildi.
Bundan tashqari turli xil loyihalarda ishtirok etish, ro’yhatdan oʻtish tartibi, mavjud loyihalarni tahlil etish kabi masalalar yuzasidan ochiq seminar tashkil etildi. Zero bunday seminar treninglar oliygoh ustozlarining ilmiy salohiyatni yuksalishiga xizmat qiladi.