Joriy yilning 14-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali direktori Sh.Pulatov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Taʼlim sifatini samaradorligini oshirish ularni yetuk kadr sifatida tayyorlash toʻgʻrisida alohida tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.Professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, xorijiy tillarni mukammal oʻrganish va uni taʼlimga tadbiq etish yuzasidan takliflar berib oʻtdi.Yosh qabul qilingan mutaxassislarni ichki tartib qoidalar asosida taʼlim-tarbiya jarayonining zamonaviy talablariga mos ravishda ustoz-shogird anʼanalarini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratildi.Shu bilan birgalikda ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi Mashrab Karimovichni lavozimiga tayinlanganligini jamoaga maʼlum qilindi.