Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Hisobot saylov yigʻilishi

✅ Bugun 16.09.2022 yil Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti hisobot saylov yigʻilishi tantanali tadbiri boʻlib oʻtdi.
✅ Hisobot-saylov yigʻilishi mehmonlari va delegatsiya aʼzolari milliy urf-odatlar va anʼanalarga asoslangan holda tantanali tarzda kutub olindi.

   

?? Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti hisobot-saylov yigʻilishida dastavval Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
✅ Shundan soʻng tantanali marosimni Oliygoh direktori Sharifjon Yigitaliyevich Pulatov ochib berdi.
? Hisobot -saylov juda koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi va amaldagi yoshlar yetakchisi Haydarov Hasanjonning oʻtgan oʻquv yilidagi faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi.
? Hisobot-saylovning barcha tartib-qoidalariga amal qilgan holda nomzodlarning saylovoldi dasturlari tinglandi.
Vanihoyat yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirning ovoz berish jarayonlari boshlandi.
✅ Yakuniy natijalarga koʻra 98 % ovoz toʻplagan holda amaldagi yoshlar yetakchisi Haydarov Hasanjon Hakimovich Oliygohning Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi lavozimiga saylandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

?? Hisobot-saylov yigʻilishi yakunida Oliygoh direktori Sharifjon Yigitaliyevich Pulatov, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi boshlang‘ich tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisi Muhiddin Abdurahimov, Yoshlar ittifoqi Qo‘qon shahar kengashi raisi Husniddin Ismoilovlar soʻzga chiqib, yoshlar yetakchisi Hasanjon Haydarovning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi.
? Shundan soʻng tantanali tadbir kuy-qoʻshiqlarlarga ulanib ketdi.
☕️ Mehmonlar va delegatsiya aʼzolari uchun qahva va shirinliklar taqdim etildi.
? Tashrif soʻnggida mehmonlar filial Yoshlar ittifoqi yetakchilari va talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar bilan tanishdilar. Bu esa ularda juda katta taassurot uygʻotdi. Shu bilan hisobot-saylov yigʻilishi koʻtarinki kayfiyatda oʻz yakuniga yetdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   3 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.