Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining 2-oʻquv binosida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, giyohvandlik va ekstremizm taʼsiriga tushib qolish, texnika xavfsizligi, yongʻin, hamda yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda ichki ishlar hodimi I.Yakubov , yoshlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari R.Ummatov, mehnat muhofazasi muhandisi Sh. Ibrohimhoʻjayev, tyutor D.Omonov va yoshlar yetakchisi H.Haydarov ishtirok etishdi.