Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Sirtqi ta’limga suhbat

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialiga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan suhbat jarayoni 2022-yilning 28-sentabr kuni soat 09:00 da filial asosiy binosining 205-xonasida bo‘lib o‘tadi.

Suhbat jarayoniga tavsiya etilganlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • talabaning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;
  • talabaning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qish davri uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati;
  • shaxsni tasdiqlovchi xujjati;
  • o‘rta maxsus yoki o‘rta ta’limni tugatganlik to‘g‘risida attestat (diplom ilovasi bilan);
Posted in Uncategorized.