Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʼqon filialida kengaytirilgan kengash yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʼtgan oy davomida yuqori tashkilotlardan yuborilgan rasmiy hujjatlar ijrosi va ijro intizomi holati toʼgʼrisida Kengash raisi Sh.Pulatov va ichki nazorat va monitoring boʼlim boshligʼi M.Temirbaevlar soʼzga chiqdilar.
2- masala yuzasidan filialda “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayramiga tayyorgarlikning borishi va bayramni yuqori saviyada oʼtkazish toʼgʼrisida
Kengash raisi Sh.Pulatov yigʼilganlarga maʼlumot berdi. Shundan soʼng, 3-masala yuzasidan maʼruzachi kengash kotibi X.Usuvalievning axboroti tinglandi.
Shuningdek, 4-masalada filial kafedralarida professor-oʼqituvchilarining yillik shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqilishi va rasmiylashtirilishi, professor-oʼqituvchilarga oʼquv yuklamalarini amaldagi “Vaqt meʼyorlari” asosida taqsimlanishi holati toʼgʼrisida oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari R.Аnorov axborot berib oʼtdi.
Pirovardida, kun tartibining 5-masalasi boʼyicha Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha direktor birinchi oʼrinbosari v.v.b. M.Maqsudov soʼzga chiqib talabalar turar joylarlaridagi masalalar xususida maʼlumot berib oʼtdi. Bundan tashqari, turli xil masalalar yuzasidan professor-oʼqituvchilarning maʼlumoti tinglandi. Yigilish soʼngida tegishli masʼullarga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va takliflar berildi.