✅ Avval xabar qilinganimizdek Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali Open Budjet loyihasida eng koʻp ovoz yigʻib gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
❇️ Bugun ushbu tantana munosabati bilan filial direktori Sharifjon Yigitaliyevich Pulatov tashabbusi bilan ustozlar va talabalar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.
❇️ Tantanali bayramda qoʻy soʻyilib, qozonlarda osh damlandi va mehmonlarga tortiq etildi.
❇️ Albatta bunday tadbirlar kelgusida ushbu oliygoh talabalarining yanada birlashib, yuksak zafarlarga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.