TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QO‘QON FILIALI UNIVERSITET QOSHIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA TANLOV E’LON QILADI.
Tadbirkorlik loyihalari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
– Yangi mahsulot ishlab chiqarish, yangi xizmat turini yaratishni ko‘zda tutishi;
-Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
-Loyihaning investitsion jozibadorligi – qo‘shimcha foyda keltirib, uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi, o‘zini o‘zi qoplashi va rentabelligi bilan belgilanadi;
-Marketing rejasi – loyihani amalga oshirish strategiyasi, bozor hajmi, maqsadli auditoriya, aloqalar/sotuvlarning asosiy kanallari, raqobat muhiti va h.k;
-Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar –import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish;
Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar +998-………., https://t.me/iqtidor_kokand telegramm manzili orqali qabul qilinadi.
• Tadbirkorlik loyihasi muallifi tomonidan ariza;
• Tadbirkorlik loyihasi pasporti;
• Xarajatlar smetasi;
• Tadbirkorlik loyihasi biznes matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda);
• Kafolat xati (Jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilganda);
• Tadbirkorlik loyihasi taqdimoti (10 slayd ).
Eng yaxshi deb topilgan tadbirkorlik loyiha tashabbuskori filial tomonidan rag‘batlantiriladi va moliyalashtirishga tavsiya qilinadi.
Ishchi guruhning tanlov bosqichlaridagi natijalar borasidagi qarori qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi!
Tadbirkorlik loyihalarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalari va tanlov bosqichlari bo‘yicha tanlovning texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998-994030457
Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!