Ochiq muloqot.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor maslahatchisi J.Tajibayev boshchiligida hamda oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Asqarov, «komplaens nazorat» boʻlim mutaxasisi M.Maxmudovlar ishtirokida oliygoh guruh sardorlari, yetakchilari hamda tyutorlarga ochiq muloqot tashkil qilindi. Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish, korrupsion holatlarni oldini olish, turli xil diniy-ekstremistik oqimlarga kirish oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurashish, ichki tartib qoidalar, odob-ahloq qoidalarga rioya qilish, yetakchisining faoliyati yoshlar kabi mavzularda ochiq savol-javob tarzida boʻlib oʻtdi. Yoshlarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash asosiy vazifa ekanligi alohida taʼkidlandi.