“Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun”

11-oktyabr “Xalqaro qizlar” kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida viloyatning faol qizlari, rahbar ayollari ishtirokida forum boʻlib oʻtdi.

Forumda qizlar bilan dildan suhbat qurildi. Moderator viloyat Axborot kutubxona markazi direktori Xusniyaxon Shermatova qizlar va rahbar ayollarni bir-biriga yaqindan tanishtirdi.

Forumni viloyat hokimi oʻrinbosari,davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova ochib berdi va barcha qizlarni bayram bilan qutladi.

Quvonarlisi shundaki forumda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 3-bosqich 2-20 MYaMT guruh talabasi Turgʻunova Sarvinozxon viloyatning eng faol qizlaridan biri deb topilib, mahsus diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.