Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor Sh.Pulatov boshchiligida xotin-qizlar masalalari boʻyicha oliygoh masʼul rahbar va xodima ayollarga yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda filialning yoshlar masalalari boʻyicha maʼnaviyat-marifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova va filial xotin-qizlar raisi V.Otaqoʻziyevalarning axboroti tinglandi. Takliflar berildi va uni bartaraf etish va echimini topish uchun vazifalar berildi. Soʻngra direktor maslahatchisi J.Tadjibayev xotin-qizlar orasida jinoyatchilik oldini olish va ijtimoiy tarmoqlarda noqonuniy sayt maʼlumotlarni tarqatmaslik yuzasidan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish zarurligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, talaba qizlarning ichki tartib qoidalar boʻyicha kiyinish madaniyatiga rioya etishlari, 2-talabalar turar joyidagi ayrim muammolarni bartaraf etish hamda 1-2-Talabalar turar joyidagi masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.