Joriy yilning 20-oktabr kuni Namangan muxandislik-texnologiya instituti dotsenti (PhD) Mirxojaev Mirjamol Mirkarimovich, kafedra dotsenti (PhD) Oqboev Alisher Rasuljanovich, kafedra dotsenti Qosimov Axtam Akramovich shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali “Muhandislik texnologiyalari” kafedrasi mudiri (PhD) Siddiqov Rasuljon O‘ktamovich hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda bakalavriat talabalari uchun yozilgan “Metrologiya va standartlashtirish” fanining “O‘lchash xatoliklari” moduli bo‘yicha trening kursi o‘tkazildi.
Kursni o‘tkazishdan maqsad “Metrologiya va standartlashtirish” fani trening kursidagi nazariy va amaliy natijalarning qo‘llanilishi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalarning metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish sohasi bo‘yicha malakalarini rivojlantirish hamda mutaxassislik fanlari bilan bog‘lashda, kelajakda o‘z sohasida qo‘llash imkoniyatini beradi.