⚡️ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Volontyorlik markazi ochildi.
?Bugun, 21-oktabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Volontyorlik markazining ochilish marosimi bo‘lib o’tdi.
?Tadbirni Oliygohning «Yoshlar ittifoqi» boshlangʻich tashkiloti raisi H.Haydarov olib bordi.
Tadbir davomida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarga O’zbekiston Respublikasining «Volontyorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunining mazmun-mohiyati, volontyorlik faoliyati, volontyorning maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
?Volontyor talabalarning savol va takliflari tinglanib, volontyorlarga zarur maslahatlar berildi.