Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oliy ta’lim yetakchilari forumi

?? Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim yetakchilari forumi” boʻlib oʻtdi.

?‍? 24-26 oktyabr kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan “Yoshlar oromgohi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi 120 nafar
yoshlar yetakchilari uchun forum tashkil etildi.

✅ Forumning soʻnggi kuni oliy taʼlim yetakchilari va Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Zafarovich Saʼdullayev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

? Uchrashuvda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali yoshlar yetakchisi Hasanjon Haydarov ishtirok etdi va talaba-yoshlar manfaatiga xizmat qiladigan bir qator takliflarni bildirdi.

?? Forum yakunida Alisher Saʼdullayev tomonidan oʻquv-seminarda ishtirok etgan eng faol yetakchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Posted in Uncategorized.