slom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialiga Energetika muammolari instituti texnika fanlari doktori, professor Ashraf Muhammedov tashrif buyurdi.Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Kushimov, ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boʻlim boshligʻi T.Butayev, kafedra mudirlari R.Siddiqov, Sh.Oʻktamjonovlar, professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.Maqsad filial talabalariga grant loyihalari, ilmiy tadqiqot ishlari, patentlash ishlari boʻyicha masterklass tashkil etish edi.Ushbu masterklass talabalarda katta taassurot qoldirdi.