Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni direktor Sh.Pulatov ochib berdi. 1-masala yuzasidan T.Butayevning ilmiy tadqiqot strategiyasi haqida axboroti tinglandi. J.Eхsonov iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha taqdimoti qildi. Shuningdek,filialning iqtidorli talabalari taklif etildi hamda «InnoWeek» haftaligidagi muvaffaqiyati bilan gʻoliblar Abduvaliyev Javlonbek, Xasanov Diyorbek va ularning ilmiy rahbarlari ragʻbatlantirildi. Shundan soʻng, taklif va tavsiyalarni inobatga olib tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.