Bugun Oliy ta’lim yetakchilari va kengash a’zolari uchun Yoshlar ishlari agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida “Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar. Yoshlar muammolarini tizimli hal etish bo‘yicha Farg‘ona tajribasi” mavzusida ochiq muloqot va oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.
Ochiq muloqotda boshqarma boshligʻi M.Gʻaniyev ta’lim tizimidagi muammolarni yetakchilardan soʻradi va takliflarini tingladi.
Fargʻona viloyati Yoshlar ishlari agentligi rahbari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali yoshlar yetakchisi H.Haydarovga ishonch yorligʻi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir soʻngida “Yoshlar media markazi” ga press-tur ham uyushtirildi. Ochiq muloqot barcha yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.