Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika Qoʻqon filialida Fargʻona viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Xotamov Jamshid Muxtorovich tomonidan «Jaholatga qarshi maʼrifat» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlar orasida uchrab turadigan jinoyatlar ularni bartaraf etish, turli xil diniy-ekstremistik oqimlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.