Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Talaba Fest

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Talaba Fest tantanali tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirni oliygoh direktori Sharifjon Yigitaliyevich Pulatov ochib berdi.
Shundan soʻng filial Zakovat koordinatori X.Begmatov tomonidan talaba-yoshlar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi va qiziqarli boʻlib oʻtgan bellashuvda Zukkolar jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Dastur davomida filial talabalar studiyasi ijodidan vatanni madh etuvchi sheʼrlar va qoʻshiqlar ijro etildi.
Tadbirni Milliy oʻyinlar musoboqasi bezab berdi. Bellashuvlarni filial yoshlar yetakchisi H.Haydarov olib bordi. Bellashuvlar sportning arqon tortish, tosh koʻtarish, vorkaut, armrestling turlari boʻyicha boʻlib oʻtdi.
Milliy sport oʻyinlarida Arqon tortish musoboqasining jamoaviy turida 3-22 EEE guruhi, Tosh koʻtarish musoboqasida 3-22 guruh talabasi Rabbimqulov Otabek, vorkaut sport turi boʻyicha 4-19 guruh talabasi Axmadjonov Dilmurodjon, armrestling boʻyicha 3-22 guruh talabasi Rabbimqulov Otabek gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek eng kutilgan lahzalar minifutbol boʻyicha Vazir kubogining final uchrashuvlariga start berildi.
Juda ham murosasiz kechgan bahslarda 8-20 EAIChT guruhi 3-20 MYaMT guruhi talabalari ustidan 2-0 hisobida gʻalaba qozondi va Vazir kubogi gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Barcha gʻoliblarlarga filial direktori Sharifjon Yigitaliyevich Pulatov tomonidan sertifikat va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Talaba Fest tadbiri talaba-yoshlar koʻnglida chuqur taassurot qoldirdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.