Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Qoʻqon shahar IIB yoʻl harakat xavfsizlik boʻlimi targʻibot inspektori I.Qambarov boshchiligida «Yoʻl harakat xavfsizlik qoidasi – umr foydasi» mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Harakat xavsizligi qoidalarining ahamiyati va uning oʻziga xos oʻrni yuzasidan tegishli maʼlumotlar berildi. Shuningdek, talabalarning harakat xavsizligi qoidalariga oid qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.