Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Qoʻqon hokimligi bilan hamkorlikda tyutorlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun yaqindan yordam tariqasida Qoʻqon shahar manaviyat va marifat markazi boʻlimi rahbari I.Fayzullayev, Qoʻqon shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova, Qoʻqon shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimi A.Kuchqorov, hamda Istikbol MFY raisi A.Akbarovlar tashrif buyurib zarur maslahat va takliflar berib tyutorlarning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladilar. Soʻngra mavzuga oid qoʻllanmalar sovgʻa qildilar.