? Joriy yilning 23-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida talaba-yoshlarning kreativ fikrlashini oshirish, ularning notiqlik mahoratini yanada shakllantirish va bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida «Munozara» intellektual o’yini bo’lib o’tdi.
?♂️ «Munozara» intellektual o’yini davomida dastlab tashkilotchilar tomonidan o’yin haqida ma’lumotlar berib o’tildi.
⏳ Munozarada «Iqtisodchilar» jamoasi hamda «Kimyogarlar» jamoalari o’zaro bellashishdi.
? Jamoalar mavzular bo’yicha ilmiy asoslangan manbalardan foydalangan holda ajoyib faktlarni isbotlari bilan keltirib oʻtishdi.
? Qiziqarli boʻlib oʻtgan bellashuv yakunida 1/22 guruhining «Iqtisodchilar» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.