Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialiga Qoʻqon shahar Davlat xizmatlarni rivojlantirish agentligi xodimlari Hasanxon Husanovinch, Akmaljon Madaminovinch, Mardonbek Muhammadovichlar tashrif buyurib seminar trening tashkil etdi. Seminar davomida fuqarolarga yaratilgan imtiyozlar, yengilliklar, hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari toʻgʻrisida maʼlumot berdilar. Soʻngra talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.