Ish bilan taʼminlash

Joriy yilning 23-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida Indorama SFZ Qoʻshma korxonasi Bosh muhandisi Ismoilov Umidjon va korxona kasaba uyishmasi raisi Meliboyev Alisher boshchiligidagi guruh filialga tashrif buyurdi.
Marketing va talabalar amaliyoti qoshidagi «Karera markazi»da bitiruvchi talabalarni korxona faoliyati bilan tanishtirish va korxonadagi boʻsh ish oʻrinlarini taklifi yuzasidan maʼlumotlar berildi. Shuningdek mutahasisligi boʻyicha kelishuvlar amalga oshirildi. Yigʻilish soʻngida oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, Yoshlar masalalari boʻyicha direktor oʻrinbosari v.v.b M.Maqsudovlar talabalarga zarur maslahatlari berdilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.