Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Korrupsiyasiz taʼlim

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida Taʼlim tizimida Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning profilaktikasini amalga oshirish maqsadida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni filialning Komplaens nazorat boʻlimi mutaxasisi M.Maxmudov tomonidan olib borildi. Yigʻilishda tizimdagi ayrim korrupsion holatlar, qarindosh-urugʻchilik, tanish-bilishchilik, mahalliychilik, taʼmagirlik kabi salbiy illatlarni bartaraf etish, professor-oʻqituvchilar va talabalar orasida bu hollarni oldini olish hamda talim tizimdagi yangi qonunlar haqida maʼlumot berib oʻtildi.
✅Shuningdek, Respublikamizning oliy taʼlim tizimidagi ayrim sodir boʻlgan jinoyatlar toʻgʻrisida hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.
✅Yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Kelgusida professor-oʻqituvchilari va talabalar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni oshirish yuzasidan oʻquv kurslarini tashkil etish borasida tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
✅Yigʻilish soʻngida direktor maslahatchisi J.Tadjibayev va direktorning 1-oʻrinbosari M.Maqsudovlar yuqoridagi masalalar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.