O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ko’magida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida “Aday Group insaat Taahhut Turizm Hayvancilik Ve Tarim Danismanligi Tic Ltd” etkazib beruvchi firmasi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki orqali kelgan materialshunoslik, kimyo, konstruksiya materiallar texnologiyasi sohalarida qo’llaniladigan laboratoriya qurilma va jihozlarini oʻrnatdilar. Shuningdek, ular tomonidan yosh mutaxassislarga sohaga oid tushuntirish ishlari olib borildi.