Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tantali tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi sadolari ostida boshlandi.

? Tadbirni filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich ochib berdi. Oliygoh rahbari oʻz nutqida korrupsiya naqadar ogʻir jinoyat ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

✅ Shundan soʻng Filial korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi M. Maxmudov soʻzga chiqib, barcha talabalarni ushbu bayram bilan tabrikladi.

? Tadbir davomida «Biz korrupsiyaga qarshimiz» foto infografika tanlovi gʻolibilari hakamlar hayʼati tomonidan aniqlandi. Jumladan 1-oʻrin sohibi 7-20 EAIChT guruh talabasi Anvarjonov Eldorbek maxsus sertifikat va stipendiyaning 3 barobari miqdorida, 2-oʻrinni egallagan 2-20 MYaMT guruh talabasi Zokirjonov Murodjon maxsus sertifikat va stipendiyaning 2 barobari miqdorida hamda 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan 9-20 TMO guruh talabasi Fayzullozoda Xasanboy maxsus sertifikat va stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

? Talabalar teatr studiyasi tomonidan Vatan haqida qo‘shiqlar, mumtoz-kuy navolariga go’zal raqslar ijro etildi.

Oliygohimizning 5-22 guruh talabalari tomonidan she’riy chiqishlar va sahna koʻrinishlari yigʻilganlarga o’zgacha ruhda bayram kayfiyati ulashdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.