2022 yil 10-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kunga 30 yil toʻldi.
Shu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Dastavval Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi yangradi.
Tadbir davomida filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich soʻz olib, barcha ustozlar va talaba-yoshlarni qutlugʻ bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek halqimiz uchun bugungi bayram naqadar ulugʻ ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
P/s: Aziz vatandoshlar!
Bayram shukuhi sizlarni hech qachon tark etmasin!