? Joriy yilning 17-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali professor-oʻqituvchilari va ishchi hodimlari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Bellashuvni direktor maslahatchisi J.Tadjibayev ochib berdi hamda ishtirokchilarga omad tiladi.
? Filial Yoshlar masalalari boʻyicha direktor maslahatchisi, maʼnaviyat boʻlimi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkillashtirilgan intellektual oʻyin juda murosasiz tarzda kechdi.
? Yakuniy natijalarga koʻra, oliygohning ijtimoiy va aniq fanlar kafedrasining «Yupiter» jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.