Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Zakovat 2-tur

?2022-yilning 22-dekabr kuni soat 14:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Maʼnaviyat boʻlimi, matbuot xizmati hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual o‘yini ligasining 2-tur bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Intellektual oʻyinni filial koordinatori X.Begmatov ochib berdi va barcha talabalarga omad va zafarlar tiladi.

? Bellashuvda jami 3ta jamoa ishtirok etdi. Oʻyinlar juda murosasiz bahslarga boy boʻldi.

? Zakovat ligasining 2 tur natijalariga koʻra jamoalar toʻplagan ballari bilan tanishing:
1.»Yunayted» jamoasi 11 ball
2.»Temurbeklar» jamoasi 9 ball
3.»Milliy» jamoasi 9 ballni qoʻlga kiritdi. Oliygohimizning bilimdon talaba-yoshlariga Zakovat ligasining keyingi turlarida ham omad tilab qolamiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.