Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialining talabalari nomdor davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
Respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Quvonchli tomoni, ular orasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talabalari ham bor. Ular bilan tanishing:
Umarov Sodiqjon Ahmadali oʻgʻli, «Texnologik mashinalar va jihozlar» yoʻnalishi boʻyicha 4-bosqich talabasi, Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi.
Madiyorov Jalilbek Ikromjon oʻgʻli, «Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi» yoʻnalishi boʻyicha 3-bosqich talabasi, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi.