Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

YANGI YIL OQSHOMI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QOʻQON FILIALIDA «YANGI YIL OQSHOMI» OʻTKAZILDI.

❄️ Joriy yilning 23-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Yangi yil oqshomi» boʻlib oʻtdi.

Tadbirni filial direktori Qushimov Baxtiyor Alishovich ochib berdi va barcha talaba-yoshlarni bayram bilan tabrikladi.

✨ Bayram tadbiri davomida Beruniy nomli davlat stipendiyasi sohibi Umarov Sodiqjon hamda Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Madiyorov Jalilbek filial direktori tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

✨ Shu bilan bir qatorda Yoshlar ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan “Ittifoq fest” tadbirlarida gʻolib boʻlgan talabalarga faxriy yorliq va maxsus sertifikatlar topshirildi.

? Bayram tadbirini talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, yoshlik zavqi ufurib turgan raqslar, qiziqarli oʻyinlar, gʻaroyib chiqishlar hamda goʻzal Qorqiz bezadi.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.