Oliygohda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini tahliliy kengaytirilgan yigʻilishi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialida direktor B.Qushimov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini tahliliy muhokamasi boʻlib oʻtdi.2023-yil «Insonga eʼtibor sifatli taʼlim» deb eʼlon qilinganligi Oliy taʼlim tizimida chuqur islohatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishini, sifatli taʼlimni tashkil etish uchun zamonaviy sharoit yaratish, professor-oʻqituvchilarga keng imtiyoz va sharoitlar yaratish imkoniyatini paydo boʻlishini alohida taʼkidladi direktor. Shuningdek, Yoshlar masalasi boʻyich maʼnaviyat-maʼrifat boʻlim boshligʻi N.Sharipova Prezident ning Oliy Majlisga Murojaatnomasini asosiy vazifalarini tanishtirib oʻtdi. Murojaatnoma yuzasidan bir necha ustozlar oʻz munosabatlarini bildirdi. Xususan, Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov, Jismoniy shaxslar bilan ishlash ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi M.Temirboyev, professor-oʻqituvchi B.Xaminov,Matbuot kotibi X.Begmatovning taklif va munosabatlari tinglandi. Yakunda direktor B.Qushimov filialda 2023-yilda sifatli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha yoʻl haritasini ishlab chiqish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berdi.